
Masalan, sizda bugun 4 soat bo‘sh vaqt bor. Siz bu vaqtni ACCA'ga ajratdingiz. Lekin shu 4 soatda ishlasangiz $20 topishingiz mumkin edi. Demak, ACCA o‘qishni tanlaganingizda $20 Opportunity Cost yuzaga keladi.
Endi teskarisini olaylik. Siz 4 soat ishlashga qaror qildingiz va $20 topdingiz. Lekin shu 4 soatda ACCA o‘qib, imtihonga tayyorgarlikni yaxshilashingiz mumkin edi. Faraz qilaylik, bu sizga kelajakda $60 qiymat yaratishi mumkin edi. Unda bu qarorning Opportunity Cost'i $60 bo‘ladi.
Ko‘ryapsizmi, Opportunity Cost tanlagan narsangiz emas. U — tanlamagan eng yaxshi variantingiz.
Hayotda esa deyarli har bir qarorning Opportunity Cost'i bor.
Siz hozir ACCA uchun nimadan voz kechyapsiz? 👇
Chuqurlashtirish
ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang
Ariza qoldiring — mutaxassisimiz darajangizga mos paperdan boshlashga yordam beradi.
Ariza qoldirish