Moliya va biznesni MFA Academy bilan mukammal o'rganing
MFA Academy — ACCA va DipIFR yo'nalishlarida xalqaro moliya va buxgalteriya ta'limini auditoriya tushunadigan sodda va amaliy tilda o'rgatuvchi akademiya.
Nega MFA Academy?
Sodda tushuntirish
Murakkab mavzular auditoriya tushunadigan tilda tushuntiriladi.
Study Plan
Har bir kurs uchun bosqichma-bosqich tayyor o'qish rejasi.
Support Teacher
Tushunmagan mavzularni support teacher bilan individual tarzda yopib borish.
Discussion Community
Har bir kurs uchun alohida student community.
Mock & Past Paper
Real imtihon savollari, mocklar va past-paper tahlillari.
Real natijalar
Yuzlab muvaffaqiyatli studentlar va 200+ ACCA natijalari.
Natijalar o'zlari gapirsin
Talabalarimizning haqiqiy ACCA sertifikatlari. Kattalashtirish uchun bosing.
Bitiruvchilarimiz ishlaydigan va o'qiydigan joylar
Kurslarimiz
ACCA va DipIFR yo'nalishlari bo'yicha to'liq dastur
Applied Knowledge
- F1 — Business & Technology
- F2 — Management Accounting
- F3 — Financial Accounting
Applied Skills
- F4 — Corporate & Business Law
- F5 — Performance Management
- F6 — Taxation
- F7 — Financial Reporting
- F8 — Audit & Assurance
- F9 — Financial Management
DipIFR
Davomiyligi: 4+ oy- ACCA DipIFR imtihoniga kompleks tayyorgarlik
Intensive kurslar
- 15 kunlik Intensive FA — F7 va DipIFR uchun eng kerakli FA mavzulari
- 15 kunlik Intensive MA — PM uchun eng kerakli MA mavzulari
Revision
- PM • TX • FR • AA • FM
Ustozlarimiz

Abdulkarim Rustamov
Founder & Head Teacher — MFA Academy
- ACCA Member
- 2017-yildan ACCA sohasida
- Central Bank of Uzbekistan — 2019
- AKFA Group — 2020–2022
- ACCA Teacher — 2021-yildan
- Head Teacher — Millat Umidi University
- Oxford Brookes RAP Mentor
- ACCA paperlari bo'yicha Universal Tutor
- ACCA videodarsliklari muallifi
“Men ACCA'ni faqat o'qitmayman — o'zim yashaganman. Har bir mavzuni real ish tajribasi bilan tushuntiraman.”

Faxriddin Olimov
Financial Accounting (FA) Teacher
- FA — 100/100
- FR — 87, Top Achiever
- SAT — 1480
- Financial Accounting ustoz

Asilbek Norqulov
Management Accounting (MA) Teacher
- ACCA — 8/13
- TDIU'ga 1-o'rin bilan kirgan
- Freelance Accountant
- MFA Support Teacher — 2025-yildan
- Management Accounting ustoz
O'quvchilarimiz nima deydi?
Assalomu alaykum. Mening ismim Samandar. Abdulkarim ustozning mart oyida ochilgan oflayn FR kursiga yozilgan edim. Ustozning dars o'tish uslubi boshqa o'quv markazlarinikidan farqli edi, ya'ni boshqa markazlarda barcha mavzular butun kurs davomiyligiga bo'lingan bo'lsa, ustozning uslubida esa asosiy katta mavzularni birinchi oyda tugatib, qolgan vaqtni esa asosan revision darslari bilan o'tkazish edi. Bu esa mavzularni yaxshilab tushunib, ko'proq exam case savollari ichida bo'lishga imkon berardi. Va yana bitta narsa: boshqa markazlar o'quvchilarida Section C eng qiyin section bo'lgan bo'lsa, aksincha bizlar uchun mazza qilib bajaradigan section bo'lgan. Umuman olganda, ustozga kattakon rahmat aytaman. FR June 2026 session'dan 65 mark bilan o'tdim.
Assalom alaykum, Abdulkarim aka. Yaxshimisiz. Video darslar bo'yicha: vaqtni tejaydi; tushunarli va misollar yaxshi tanlangan; o'quvchi o'zida sal bo'lsa harakat qilib, o'tirib dars qilsa, natija qiladi; menga yoqqan joyi — misollar bazasi, BPP + Kaplan + Becker; 10 baholik 9 (doim rivojlanishga joy bor); bitta qilib aytganda, tavsiya qilaman.
Assalomu alaykum, ustoz, yaxshimisiz? Sog'liqlaringiz yaxshimi? Sizda FR o'qib muvaffaqiyatli pass bo'ldim va hozir boshqalarini davom ettirmoqdaman. ACCA bo'yicha eng yaxshi tyutorsiz O'zbekistonda. Boshlamoqchi bo'lganlar va endi boshlaganlarga tavsiya qilardim, kurslar har tarafdan qulay. Yangi ochilgan o'quv markaz hayrli bo'lsin, talabalaringiz soni bundan ham ko'paysin 🔥
Assalomu alaykum, Abdulkarim ustoz! MFA Academydagi FR darslaringiz va mehnatingiz uchun kattakon rahmat! Ochig'i, bu fan men uchun eng qiyindek tuyulgan edi, lekin sizning natijadorligi kuchli darslaringiz va murakkab mavzularni sodda tushuntirishingiz orqali bu stageni ham muvaffaqiyatli bosib o'tdim. Bilimingiz va mehnatingizga rozi bo'ling, dars berish uslubingiz rostdan ham o'z so'zini aytdi! MFA Academy'ga va kelgusi faoliyatingizga faqat rivoj tilayman. Shogirdlaringiz safi bundan ham kengayaversin, ilmingiz ziyoda bo'lsin! Yana bir bor rahmat ustoz!
Assalomu alaikum, ustoz, salomatmisiz? FR (F7) uchun Revision kursda qatnashgandim — FR Pass ✔️. Kursda qatnashgunimcha FR ning C sectionidan havotir olib turgandim, sababi hali katta paper topshirmagandim, Report yozish qanaqa bo'lishini bilmay yurgandim. Kursda ayni o'sha Reporting qismi uchun eng katta foyda olgandim, va butun syllabusni Revise qilib chiqqanimiz ancha ishonch bergandi imtihon oldidan. Kurs katta yordam bergandi — katta rahmat.
Assalomu alaykum, Abdulkarim ustoz, yaxshimisiz? PM'dan sizning o'quv kursingizda o'qigan edim, imtihondan o'tib oldim, rahmat, ustoz. Alloh o'zi ilmingizni ziyoda qilsin, yana bir paperdan o'tishimga sababchi bo'ldingiz, rahmat, ustoz.
Abdulkarim aka, yaxshimisiz. Kecha F8 natijamni oldim, Alhamdulillah, imtihondan o'tibman, 52 ball bilan. Bundan oldin sizdan F9 va F5 kurslarini olib o'qigandim, lekin ularning natijasi haqida yozmabman sizga — F9 67%, F5 69% bilan ulardan ham o'tgandim. Abdulkarim aka, sizga katta rahmat aytmoqchiman, aniq rejalari va yo'l-yo'riqlari bilan videodarslaringiz anchagina foydali bo'lgandi menga tayyorlanishga. Ustoz, sog' bo'ling, shunday ilm ulashishda charchamang.
Assalomu alaykum, ustoz! Men FA kursingizni olib o'qigandim. Kecha imtihonni muvaffaqiyatli topshirib, yaxshi natijaga erishdim. Bu yutuqda sizning bilimlaringiz va qo'llab-quvvatlashingizning hissasi beqiyos. Sizga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman! 🫡
Ko'p so'raladigan savollar
ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang
Ariza qoldiring — mutaxassisimiz siz bilan bog'lanadi.