Yoshligimda eng yoqtirgan filmim “Kelajakka qaytib” (Back to the Future) bo‘lgan. Nimaga deysizmi? Marty McFly’ning gitara chalishi, skeytbord haydashi va kiyinish uslubiga taqlid qilmoqchi bo‘lganman.
Bu kino bilan Tesla Roadsterni nima aloqasi bor desangiz? Albatta uchar mashinalar.
Ha, yaqinda Tesla Roadster ozini uchar mashinasini ommaga ko'rsatdi. Bugun Roadster ni Accountingi haqida gaplashamiz.
IFRS-15
Tesla har bitta Roadster uchun $250k deposit olyabdi, bu degani kompanya $250k revenue yozadi degani emas. Aksincha o'ziga liability yozadi.
Dr Cash $250k
Cr Deferred income $250k
Bu Accruals concept bilan bog‘liq: revenue pul kelib tushgan paytda emas, balki performance obligation bajarilganda tan olinadi.
Moshinani ishlab chiqarish va mijozga taqdim etish 2028 yildan boshlanishi plan qilingan. O'sha paytdagi provodka quyidagicha bo'ladi.
Dr Deferred Income $250k
Cr Revenue $250k
Albatta bu Roadster ni to'liq narxi emas, balki deposit, yani mijoz ishlab chiqarilgandan keyin ham $100k to'lashi kutilyabdi. Tesla bu tranzaksiya uchun quyidagicha provodka qiladi.
Dr Cash $100k
Cr Revenue $100k
Cost of Salesga keladigan bo'lsak, har bitta mashina uchun, taxminan $250k bo'lishi plan qilingan, va bu summa uchun quyidagicha provodka qilinadi.
Dr Cost of Sales $250k
Cr Cash $250k
Endi kompanya gross foydasi topib olamiz
Revenue - $350k (250k+100k)
Cost of Sales - ($250k)
Gross profit - $100k
Gross profit margin - 28.6% (100k/350k * 100%)
Raqamlar Tesla roadsterni buxgalteryasini va IFRS-15 standartini tushuntirish uchun taxmin qilingan.
Price-skimming
Tesla kompanyasi narx tanlash uchun price-skimmingdan foydalangan
Price skimming — kompaniya yangi va innovatsion mahsulotni dastlab yuqori narxda taklif qilishi, keyinchalik esa bozor sharoiti va talabga qarab narx strategiyasini o‘zgartirishidir.
Bunday yondashuv, ayniqsa, yangi texnologiyalarga qiziqadigan va mahsulot uchun yuqoriroq narx to‘lashga tayyor bo‘lgan mijozlarga qaratiladi.
Tesla’ning ilk Roadster modeli yuqori narxdagi avtomobil sifatida bozorga kirgan. Bu kompaniyaga elektromobillar texnologiyasini premium segmentda namoyish qilish imkonyat beradi.
Lekin bir narsani unutmaslik kerak: yuqori narxning o‘zi price skimming qo‘llanganini isbotlamaydi. Ushbu strategiyani aniq tasdiqlash uchun mahsulotning dastlabki va keyingi narxlari hamda kompaniyaning bozor strategiyasini hisobga olish lozim.
Conclusion
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Tesla Roadster misolida IFRS 15, deferred income, inventory, Cost of Sales va gross profit kabi tushunchalarni ko‘rib chiqdik.
Eng muhimi, mijozdan pul kelib tushishi har doim ham revenue degani emas. Xuddi shuningdek, avtomobilning sotuv narxi bilan uning tannarxi orasidagi farqni hisoblash uchun ham to‘g‘ri accounting treatment talab etiladi.
Marty McFly kelajakni ko‘rish uchun vaqt mashinasidan foydalangan bo‘lsa, biz biznesning kelajagini tushunish uchun Financial Accounting’dan foydalanamiz
Xullas, hozircha shular...
Chuqurlashtirish
ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang
Ariza qoldiring — mutaxassisimiz darajangizga mos paperdan boshlashga yordam beradi.
Ariza qoldirish