
1930-yillarda amerikalik muhandis T. P. Wright samolyot ishlab chiqarish jarayonini kuzatar ekan, bir narsaga e’tibor beradi: zavod bir xil samolyotlarni ko‘proq ishlab chiqargani sari, har bir samolyotni ishlab chiqarishga ketadigan vaqt kamayib boryabdi.
🤔 Samolyot turi o‘zgarmagan. Ishning o‘zi ham deyarli bir xil. Unda nima o‘zgardi?
Ishchilar tezlashdi. Nimanidir birinchi marta qilayotganimizda ko‘p narsani o‘ylab, xato qilishdan qo'rqib, sekin ishlaymiz. Lekin aynan shu ishni qayta-qayta qilganimiz sari qayerda vaqt yo‘qotayotganimizni tushunamiz, harakatlarimiz tezlashadi va xatolarimiz kamayadi. Natijada bir xil ishni avvalgidan ancha tez bajara boshlaymiz.
📚Learning Curve’ning eng oddiy ko‘rinishi ham shu: practice → experience → efficiency.
Men ham buni ACCA o‘qiyotganimda juda yaxshi sezganman. 😄 Boshida bitta FA savolini ishlashga 5–10 daqiqadan ham ko‘proq vaqt ketardi. Hattoki Excel’da $ belgisini qanday qo‘yishni ChatGPT’dan so‘raganimni eslasam, kulgim keladi.
Hozir esa FA CBE mock’ni 60 daqiqadan kamroq vaqtda tugatib qo‘yaman. Savollar bir kunda birdan osonlashib qolmadi — shunchaki ularni ko‘proq practice qildim.
Chuqurlashtirish
ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang
Ariza qoldiring — mutaxassisimiz darajangizga mos paperdan boshlashga yordam beradi.
Ariza qoldirish