MFA
← Blogga qaytish

Management Accounting

Make or Buy: Hamma ishni o‘zingiz qilishingiz shartmi?

Uyingizda kafel yopishtirish kerak. O‘zingiz qilsangiz, materiallarga 1,000,000 so‘m ketadi. Agar usta chaqirsangiz, u yana 1,000,000 so‘m xizmat haqi so‘rayapti. Pulni…

MA

MFA Academy

Telegram kanali

E'lon qilingan: 30-avgust, 20261 daq

Uyingizda kafel yopishtirish kerak. O‘zingiz qilsangiz, materiallarga 1,000,000 so‘m ketadi. Agar usta chaqirsangiz, u yana 1,000,000 so‘m xizmat haqi so‘rayapti. Pulni tejash uchun o‘zingiz qilishga qaror qildingiz. 💰

Lekin kafel yopishtirishni bilmaganingiz uchun bu ishga 3 kun vaqtingiz ketdi, ustiga-ustak kafelning yarmini noto‘g‘ri kesib uvol qildingiz. 🤦‍♂️ Oxir-oqibat, 1,000,000 so‘m tejayman deb, vaqtingizni ham, materialni ham yo‘qotdingiz.

Shunday vaziyatda aslida bir savol tug‘iladi: bu ishni o‘zim qilganim yaxshimi yoki 1,000,000 so‘m to‘lab ustaga topshirganim yaxshimi? Mana shu — Make or Buy qarori deb ataladi. 📊

Kompaniyalarda ham xuddi shunday. Masalan, bitta o‘quv markaz buxgalteriyani o‘zi yuritishi yoki bu ishni professional firmaga outsource qilishi mumkin. Qaror faqat “qaysi biri arzon?” degan savolga emas, balki vaqt, resurs va boshqa imkoniyatlarga ham qarab qabul qilinadi. 💼

Chunki ba’zan pulni tejash uchun ishni o‘zingiz qilishingiz, aslida qimmatroqqa tushishi mumkin. ⏳

💬 Hozir hayotingizda qaysi ishni o‘zingiz qilish o‘rniga boshqalarga topshirgan bo‘lardingiz?

UlashishTelegram'da ulashish

Chuqurlashtirish

ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang

Ariza qoldiring — mutaxassisimiz darajangizga mos paperdan boshlashga yordam beradi.

Ariza qoldirish

Keyingi o'qish