
Har tong bir xil ssenariy: uyg‘onasiz, kiyinib, nonushta qilasiz, lekin baribir uydan 10 daqiqa kechikib chiqasiz. Xo‘sh, muammo nimada? 🤔
Diqqat bilan kuzatsangiz: uyda hamma bir vaqtda uyg‘onadi va bitta hammomga navbatga turadi. Nonushtani tezroq qilishingiz yoki tezroq kiyinishingiz mumkin, lekin hammom bo‘shamasa — baribir vaqtida chiqolmaysiz. ⏳
Mana shu Bottleneck — butun jarayonning tezligini cheklab turgan asosiy to‘siq. 🚧
Masalan, dushni kechqurunga ko‘chirsangiz, ertalabki bottleneck yo‘qoladi va uydan vaqtida chiqasiz. 🎯
Biznesda ham xuddi shunday. Zavodda ishlab chiqarish juda tez ketishi mumkin, lekin qadoqlash bo‘limi sekin ishlasa, umumiy ishlab chiqarish hajmi oshmay qoluradi. 🏭
Shuning uchun hamma narsani tezlashtirish shart emas. Avvalo, tizimni sekinlashtirayotgan bottleneck'ni topish kerak. 📊
💬 Sizning kunlik hayotingizdagi eng katta Bottleneck nima: ijtimoiy tarmoqlarmi, tirbandlikmi yoki uyquga to‘ymaslikmi? 👇
Chuqurlashtirish
ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang
Ariza qoldiring — mutaxassisimiz darajangizga mos paperdan boshlashga yordam beradi.
Ariza qoldirish