Hozirgi kunda deyarli hammaning telefonida kamida bitta bank ilovasi bor.
Pul o'tkazish, to'lov qilish yoki kartadagi mablag'ni tekshirish uchun bankga borish shart emas.
Bunday qulaylikka ancha o'rganib qolganmiz. Shu sababli tizimda kichik muammo chiqib qolsa ham bizga darhol seziladi va norozilik bildiramiz.
Qiziq tomoni shundaki, aynan shu shikoyatlar banklarning faoliyati haqida financial statementsda topib bo'lmaydigan ma'lumotlarni berishi mumkin.
Bugun Markaziy Bank chiqargan yangi reytingga qarab, bu mavzuni accountant sifatida ko'rib chiqamiz.
Central Bank's Solvency Ratio
Markaziy Bank hisoblayotgan solvency ratio quyidagicha ishlaydi.
Faraz qilaylik bank mamlakatdagi barcha bank mijozlarining 5% iga xizmat ko'rsatadi.
Lekin jami kelib tushgan shikoyatlarning 10% shu bankga tegishli.
Bu holatda indeks:
10% ÷ 5% = 2.0
Natija 2 ga teng bo'ladi.
Central Bank's Solvency Ratio Interpretation
Hisoblangan indeks qanchalik yuqori bo'lsa, bank o'z hajmiga nisbatan shunchalik ko'p shikoyat olgan bo'ladi.
2026-yil 1-chorak natijalariga ko'ra Business Development Bank, Anor Bank va Mikrokreditbank eng yuqori ko'rsatkichlarni qayd etgan. Bu natija bankning kelajakdagi faoliyatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.
Masalan, bank foydali ishlayotgan, kapitali yetarli va barcha moliyaviy ko'rsatkichlari yaxshi bo'lishi mumkin. Lekin mijozlar xizmatdan norozi bo'lsa, vaqt o'tishi bilan ular boshqa banklarga o'tib ketishi ehtimoli ortadi.
Natijada bank yangi mijozlarni jalb qilishda qiynalishi, mavjud mijozlarini yo'qotishi va kelajakdagi daromadlariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Shu sababli bunday reytinglar bankning bugungi moliyaviy holatini emas, balki kelajakda e'tibor berilishi kerak bo'lgan muammolarni ham ko'rsatib berishi mumkin.
Gearing Ratio
ACCA FA va FR paperlarida duch keladigan solvency ratio esa ancha boshqacha hisoblanadi.
Gearing ratio = Debt/(Debt + Equity) * 100%
Masalan Anor Bankning Balance sheetida 1-Aprel 2026 yil uchun quyidagi ma'lumotlar berilgan ( in thousands of Uzbek sums).
Total Interest-Bearing Debt = 15.13 trillion so'm
Total equity = 1.49 trillion so'm
Gearing= 15.13/(15.13+1.49) * 100% = 91%
Interpretation
Anorbankni gearing ratiosi 91% tashkil qiladi. Odatda, gearing ratio 50% oshsa, kompaniya yuqori darajada qarzga botgan (highly geared) hisoblanadi. Oddiy tilda aytganda, bank biznesni yuritish uchun ishlatayotgan jami uzoq va qisqa muddatli kapitalning qariyb 91% qismi qarz hisobidan shakllangan, aksiyadorlarning ulushi esa bor-yo'g'i 9% ga yaqin, xolos. Bu bankning moliyaviy xavfi (financial risk) juda yuqori ekanligini ko'rsatadi.
Anorbankning zimmasida juda katta liability mavjud. Profit or Loss Statementga ko'ra, majburiyatlar tufayli 3 oy mobaynida taxminan 677.5 milliard so'm foizli harajat yuzaga kelgan. Bank foydada bo'lishi uchun, bergan creditlaridan bundan ancha ko'p daromad qilishga majbur.
Lekin bu yerda bitta muhim narsani hisobga olishimiz kerak: bu oddiy ishlab chiqarish korxonasi emas, balki bank. Banklarning asosiy biznes modeli — aholi va kompaniyalardan depozit yig'ib (bular bank uchun long-term liability), ularni boshqalarga qimmatroq foizga kredit qilib berishdir. Shuning uchun, jami long-term liability tarkibidagi 13.3 trillion so'mdan ortiq mablag' aynan mijozlarning depozitlari hisobiga to'g'ri kelmoqda. Banklar uchun bunday yuqori gearing odatiy hol hisoblanadi.
Conclusion
Markaziy Bankning yangi reytingi banklarning moliyaviy barqarorligini emas, balki mijozlar tomonidan bildirilayotgan shikoyatlar darajasini ko'rsatadi.
ACCAning FA va FR fanida esa solvency odatda qarz va kapital nisbatlari orqali hisoblanadi.
Shuning uchun reytingda yuqori shikoyat ko'rsatkichiga ega bankni ko'rib, uning moliyaviy holati ham yomon degan xulosaga shoshilmaslik kerak.
Ba'zan mijozlar noroziligi yuqori bo'lgan bank moliyaviy jihatdan kuchli bo'lishi mumkin. Xuddi shuningdek, shikoyatlari kam bo'lgan bankning moliyaviy ko'rsatkichlari har doim ham ideal holatda bo'lavermaydi.
Xullas, hozircha shular...
Chuqurlashtirish
ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang
Ariza qoldiring — mutaxassisimiz darajangizga mos paperdan boshlashga yordam beradi.
Ariza qoldirish