MFA
← Blogga qaytish

Financial Accounting

Accounting for Solar panels

Hozir Toshkentda ko‘chada yurganda uylarning tomida quyosh panellari ko‘rish odatiy hol bo‘lib qoldi. Nima sababdan biz sekin-sekin yashil energiyaga o‘tyapmiz? Axir bu…

Olimov Faxriddin

Olimov Faxriddin

Tutor at MFA Academy

E'lon qilingan: 1-iyul, 20263 daq

Hozir Toshkentda ko‘chada yurganda uylarning tomida quyosh panellari ko‘rish odatiy hol bo‘lib qoldi. Nima sababdan biz sekin-sekin yashil energiyaga o‘tyapmiz? Axir bu oddiy odamga ancha qimmatga tushadi-ku?, degan savollar tug‘ilishi mumkin.

Ko‘pchilik quyosh panellarining ekologik foydalarini, tabiatni asrashini aytishi mumkin. Lekin bugun biz masalaga ekolog sifatida emas, accountant sifatida qaraymiz.

Tafsilotlar

Quyosh panellarining o'rtacha narxi - 50 million so'm (10kw uchun)

Quyosh panelning o'rtacha useful life'i - 25 yil

Bitta xonadonning o‘rtacha elektr iste'moli - yiliga 3650 kwh

Elektr energiyasi narxi - 900 so'm har 1 kwh uchun ( 2 bosqichda hisoblangan)

Residual Value - 2 million so'm

Davlat quyosh panelini sotib olish va o‘rnatish xarajatlarining 20 foizini qoplaydi ( source: Kun.uz)

Davlat tarmoqqa uzatilgan har 1 kWh elektr energiyasi uchun 1000 so‘mdan to‘laydi ( source: The Tashkent Times)

IAS-16

Quyosh paneli sotib olingan yili to'liq xarajat emas, aksincha asset sifatida tan olinadi.

Dr Non-current Asset 50,000,000 so'm
Cr Cash 50,000,000 so'm

Bu Asset sotib olishning provodkasi

Depreciation

Quyosh paneli o‘rtacha 25 yil davomida depreciation qilinadi, va uning qoldiq qiymati ( residual value) taxminan 2 million so'mga teng.

Depreciation formula = ( Cost - Residual value)/Useful life

Annual Depreciation = ( 50,000,000 - 2,000,000 )/25 = 1,920,000 so'm

Dr Depreciation expense 1,920,000 so'm
Cr Accumulated depreciation 1,920,000 so'm

Bu degani Quyosh panelining qiymati har yili 1,920,000 so'mga kamayib boradi, va o'sha summa profit or loss statementiga harajat sifatida oboriladi.

IAS-20

Davlat Quyoshli panelning sotib olish va o'rnatish harajatlarining 20%ni qoplab berishni va'da qilgan. Bu IAS-20 bo'yicha government grant sifatida qaraladi, va ikki xil accounting treatment mavjud

  1. Net off Against cost of Asset

Assetning qiymatidan 20% ayriladi, va shu tariqa yillik depreciation harajatlariyam kamayadi.

Cost= 50,000,000 - ( 50,000,000* 20%) = 40,000,000 so'm

Annual depreciation = ( 40,000,000 - 2,000,000 )/ 25 years = 1,520,000 so'm

2. Deferred Income Method

Asset to'liq narxda ya'ni 50,000,000 so'm da hisoblanadi.

10 million so'm esa Balance sheetda deferred income ya'ni liability sifatida ko'rinadi

Har yili Quyoshli panelning useful lifega nisbatan 400,000 so'm ( 10 million/25 years) Profit or Lossga o‘tkaziladi

Ikkala usul ham yakunda bir xil moliyaviy natijaga olib keladi, farq faqat grantning moliyaviy hisobotlarda qanday aks ettirilishidadir.

IFRS - 15

Agar uyimizni kichik korxona deb tasavvur qilsak va asosan energiyani sotish orqali foyda ko'radi deb hisoblasak, ishlab chiqarilgan qo'shimcha har 1 kwh energiyadan o'zimizga 1000 so'm revenue yozamiz. Tasavvur qilaylik o'rtacha kuniga 30kwh energiya ishlab chiqariladi, va shundan 20kwh sotiladi.

Dr Receivables 20,000 so'm
Cr Revenue 20,000 so'm

Receivables deb yozilishiga sabab, pul energiya sotilgan paytda emas, har oyning 25 kuni to'lab beriladi va uning provodkasi quyidagicha bo'ladi

Dr Cash 20,000 so'm
Cr Receivables 20,000 so'm

O‘zimiz iste'mol qilgan 10 kWh energiyaga esa hech qanday provodka berilmaydi.

Amalda oddiy xonadonlar moliyaviy hisobot tuzmaydi. Quyidagi misol faqat IFRS tamoyillarini tushuntirish uchun keltirilgan.

Payback period

Endi investor ya'ni uyni egasi uchun asosiy savol: Qachon quyoshli panel foydaga chiqadi?

  1. Tejalgan elektr energiyasi

Yiliga o‘rtacha 3650 kWh elektr energiyasi iste'mol qilinadi:

3650 kwh * 900 so'm = 3,285,000 so'm

2. Yillik sotuv

Yiliga o'rtacha 7300 kwh elektr energiya ishlab chiqariladi deb hisoblasak.

7300 kwh * 1000 so'm = 7,300,000 so'm

3. Umumiy yillik sof foyda

7,300,000 (sotuv) + 3,285,000 (tejov) = 10,585,000 s0'm

4. Payback period formula = Net Initial Investment/Annual Cash Inflow

40,000,000/10,585,000= 3.8 yil

Quyosh panellari taxminan 4 yilda o'zini to'liq oqlaydi. Panellarning umumiy foydali xizmat muddati (Useful life) 25 yil ekanligini hisobga olsak, qolgan 21 yil davomida uy egasi mutlaqo tekin elektr energiyasidan foydalanishi va davlatdan qo'shimcha daromad olib turishi mumkin.

Albatta bu ideal holat va ob-havo va qo'shimcha harajatlar payback period ni uzaytirishi mumkin.

Xulosa

Maqolamiz boshida berilgan "Nima sababdan biz sekin-sekin yashil energiyaga o'tyapmiz va bu oddiy odamga ancha xarajat emasmi?" degan savolga endi accountant sifatida aniq va raqamli javobimiz bor:

Quyosh panellari — bu shunchaki atrof-muhitni asrash haqidagi balandparvoz gaplar emas. Bu — har qanday biznes yoki xonadon uchun juda aniq hisob-kitobga asoslangan moliyaviy investitsiyadir.

UlashishTelegram'da ulashish

Chuqurlashtirish

ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang

Ariza qoldiring — mutaxassisimiz darajangizga mos paperdan boshlashga yordam beradi.

Ariza qoldirish

Keyingi o'qish