Yoshligimdan FC Barcelona muxlisi bo‘lganman. Messi, Neymar va Suarez hujum uchligini tomosha qilib katta bo‘lganman. Transfer oynasi ochilganda esa klubning yangi futbolchilar uchun o‘nlab, hatto yuzlab million yevro sarflayotganini ko‘rib hayron qolardim.
Bir kuni o‘zimga qiziq savol berdim: futbol klublari bunday transferlarni accountingda qanday hisobga oladi?
Keling, bugun shu savolga 2018-yili FC Barcelonaga transfer qilingan Philippe Coutinho misolida javob topamiz.
Tafsilotlar
Barcelona Philippe Coutinho transferi uchun $141.6 million to'lagan (source: AS).
5.5 yillik shartnoma imzolangan.
Barcelona 2020/2021 moliyaviy yil yakunida $190 million impairment yozgan, shundan taxminan $27.9 million Coutinhoga tegishli deb taxmin qilingan (source: Barcelona Consolidation Annual Accounts).
Barcelona Philippe Coutinho transfer huquqlarini $21.1 millionga sotgan (source: FC Barcelona Official Disclosures).
IAS-38
Coutinhoning transferi uchun to‘langan $141.6 millionni xarajat deb o‘ylasangiz, adashasiz. Barcelona ushbu summani darhol Profit or Loss statementga olib bormaydi.
Aksincha, Coutinhoning transfer huquqlari (player registration rights) IAS 38 bo‘yicha intangible asset sifatida tan olinadi va Balance Sheetga olib boriladi.
Provodka quyidagicha bo‘ladi:
Dr Intangible Asset (Coutinho's Registration Rights) $141.6 million
Cr Cash $141.6 million
Coutinho Barcelona bilan 5.5 yillik shartnoma imzolagan. Shu sababli ushbu intangible asset shartnoma muddati davomida amortizatsiya qilinadi.
$141.6 million ÷ 5.5 yil = taxminan $25.7 million
Har yili quyidagi provodka qilinadi:
Dr Amortization Expense $25.7 million
Cr Accumulated Amortization $25.7 million
Natijada Barcelona transfer uchun to‘langan $141.6 millionni birdaniga emas, balki 5.5 yil davomida bosqichma-bosqich xarajatga o‘tkazadi.
IAS 36
Barcelona 2021-yil 30-iyunda yakunlangan moliyaviy yil davomida jami $190 million impairment loss tan olgan. Shundan taxminan $27.9 millioni Coutinho bilan bog‘liq deb faraz qilamiz.
Impairment tan olinayotgan paytda Coutinhoning transfer huquqlarining carrying amounti taxminan $51.5 millionni tashkil qilgan.
Boshlang‘ich qiymat: $141.6 million
3.5 yillik amortizatsiya: $90.1 million (3.5 × $25.7 million)
Carrying amount: $51.5 million
Impairment provodkasi:
Dr Impairment Expense $27.9 million
Cr Intangible Asset $27.9 million
Natijada Coutinhoning transfer huquqlarining carrying amounti quyidagicha kamayadi:
$51.5 million − $27.9 million = $23.6 million
Oddiy qilib aytganda, Barcelona Coutinho transferi kutilganidek o‘zini oqlamaganini tan olishga majbur bo‘lgan.
Eslatma: Coutinhoning transfer huquqlariga aynan qancha impairment yozilgani ommaga e'lon qilinmagan. Shu sababli yuqoridagi hisob-kitoblar taxminlarga asoslangan.
Disposal
Sotuv amalga oshirilgan paytda Coutinhoning transfer huquqlarining carrying amounti Balance Sheetda taxminan $19.7 millionni tashkil qilgan. Keyinchalik ushbu transfer huquqlari Aston Villa klubiga $21.1 millionga sotilgan.
Provodka quyidagicha bo‘ladi:
Dr Cash $21.1 million
Cr Intangible Asset $19.7 million
Cr Gain on Disposal $1.4 million
Natijada Barcelona ushbu transferdan $1.4 million foyda tan oladi. Bunga sabab, transfer huquqlari ularning balansdagi qiymatidan yuqori narxda sotilgan.
The Big Bath
2021-yilda Joan Laporta Barcelona prezidenti sifatida qaytgan paytda klub og‘ir moliyaviy ahvolda edi. Shu yili Barcelona €481 million zarar e'lon qildi va uning tarkibiga futbolchilar qiymatining katta miqdordagi qadrsizlanishi (impairment) ham kiritildi.
Jumladan, Coutinhoning transfer huquqlarining qiymati ham sezilarli darajada kamaytirildi. Bu qaror o‘sha yilgi zararni kattalashtirgan bo‘lsa-da, keyingi yillarda klubning moliyaviy natijalariga bosimni kamaytirdi.
Qiziq tomoni shundaki, Barcelona Coutinhoni juda katta summa evaziga sotib olgan bo‘lsa ham, Aston Villa'ga sotilganda transferdan accounting nuqtai nazaridan foyda (Gain on Disposal) tan oldi. Sababi, sotuv paytiga kelib futbolchining balansdagi qiymati allaqachon ancha pasayib bo‘lgan edi.
Shu sababli ayrim moliyaviy tahlilchilar Barcelona'ning 2021-yildagi katta impairmentlarini Big Bath Accountin'ga yaxshi misol bo'ladi deb aytishadi.
Xulosa
Coutinho transferi futbol nuqtai nazaridan Barcelona tarixidagi eng muvaffaqiyatsiz transferlardan biri sifatida eslanadi. Biroq accounting nuqtai nazaridan bu transfer bizga amortizatsiya, impairment va disposal kabi muhim tushunchalarni tushunishga yordam beradi.
Ba'zan futbol maydonidagi natija bilan moliyaviy hisobotdagi natija bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Coutinho transferi bunga yaxshi misol: maydonda muvaffaqiyatsiz deb baholangan transfer, moliyaviy hisobotlarda esa foyda bilan yakunlangan.
Chuqurlashtirish
ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang
Ariza qoldiring — mutaxassisimiz darajangizga mos paperdan boshlashga yordam beradi.
Ariza qoldirish