Yaqinda Argentina va Misr o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘yinini tomosha qilayotganimda qornim ochib qoldi. Eng tez yetkazib beradigan brendlardan biri bo‘lgani uchun Bellissimo Pizza’dan buyurtma berishga qaror qildim.
Buyurtma berayotganimda "35 daqiqada yetkazib beramiz yoki pitsa bepul" degan yozuvga ko‘zim tushdi. Shu payt o‘zimga qiziq savol berdim:
Agar buyurtma kechiksa va kompaniya bepul pitsa berishga majbur bo‘lsa, accountantlar buni qanday hisobga oladi?
Bugun aynan shu savolga accountant sifatida javob izlaymiz.
Tafsilotlar
Bitta oddiy pepperoni pitsa narxi - 79,000 so'm.
Mahsulot tannarxi taxminan 29,000 so'm deb hisoblangan.
35 daqiqa tekin yetkazib beriladi yoki bitta 30cm pitsa tekinga beriladi.
IFRS - 15
Bellissimo bitta Pepperoni pitsa sotish orqali 79,000 so'm revenue tan oladi.
Provodka quyidagicha bo'ladi:
Dr Cash 79,000 so'm
Cr Sales Revenue 79,000 so'm
Bu provodka orqali kompaniya mijozdan pul tushganini va shu summada revenue ishlab topganini tan oladi.
IAS - 2
Endi esa ushbu pitsaning tannarxini hisoblaymiz.
IAS 2 ga ko‘ra, mahsulot tannarxiga uni tayyor holatga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar kiritiladi.
Masalan:
- Masalliqlar – 21,000 so'm
- Pitsa qutisi – 3,000 so'm
- Ishchi oyligi (bitta pitsa uchun) – 3,000 so'm
- Boshqa pitsa tayyorlash xarajatlari – 2,000 so'm
Jami Cost of Sales: 29,000 so'm
Pitsa sotilganda inventory hisobdan chiqariladi:
Dr Cost of Sales 29,000 so'm
Cr Inventory 29,000 so'm
Natijada ushbu bitta Pepperoni pitsa sotuvi Profit or Loss statementida quyidagicha ko'rinadi.
Revenue: 79,000 so'm
Cost of Sales: (29,000 so'm)
Gross Profit: 50,000 so'm
Demak, Bellissimo bitta Pepperoni pitsa sotish orqali taxminan 50,000 so'm gross profit ishlab topadi.
E'tiborli jihati shundaki, IAS 2 bo‘yicha buyurtmani mijozga yetkazib berish xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritilmaydi. Ular odatda Profit or Loss statementda alohida operating expenses sifatida tan olinadi.
IAS - 37
Bellissimo Pizza nafaqat pittsalarining ta'mi, balki "35 daqiqada yetkazib beramiz yoki pitsa bepul" marketing kampaniyasi bilan ham ko‘pchilikka yaxshi tanish.
Ushbu kampaniya IAS 37 dagi constructive obligation (amaliyot natijasida yuzaga kelgan majburiyat) tushunchasiga misol bo‘lishi mumkin. Sababi, kompaniya ushbu siyosatni ommaga e'lon qilgan va mijozlarda buyurtma kechikkan taqdirda bepul pitsa olish bo‘yicha asosli kutish shakllangan.
IAS 37 ga ko‘ra, agar kompaniyada majburiyat mavjud bo‘lsa va uni bajarish uchun iqtisodiy resurslar chiqib ketishi ehtimoli yuqori bo‘lsa, provision tan olinishi kerak.
Tasavvur qilaylik, Bellissimo bir oyda 100,000 ta buyurtma qabul qiladi va ularning 0.1% qismi 35 daqiqadan kech yetkaziladi.
100,000 × 0.1% = 100 ta buyurtma
Demak, kompaniya taxminan 100 ta bepul pitsa taqdim etishiga to‘g‘ri keladi.
Agar bepul beriladigan 30 sm Pepperoni pitsaning tannarxi 29,000 so‘m bo‘lsa, kutilayotgan xarajat:
29,000 × 100 = 2,900,000 so‘m
Provision provodkasi:
Dr Operating Expenses 2,900,000 so'm
Cr Provision 2,900,000 so'm
Provision yaratilganda xarajat odatda Profit or Loss statementning operating expenses qismida aks ettiriladi.
Keyinchalik mijozga bepul pitsa berilganda esa yangi xarajat tan olinmaydi. Aksincha, avval yaratilgan provision kamaytiriladi:
Dr Provision for Free Pizza 29,000 so'm
Cr Inventory 29,000 so'm
Bu yerda Inventory Credit qilinishiga sabab, bepul berilgan pitsa uchun ishlatilgan masalliqlar va tayyor mahsulotlar ombordan chiqib ketgan hisoblanadi.
Xulosa
Bellissimo Pitsa biznesi bir qarashda oddiy ko‘rinsa ham, uning ortida bir nechta accounting standartlari ishlaydi.
Pitsa sotilganda revenue tan olinadi, ingredientlar cost of sales sifatida hisobdan chiqariladi, ayrim marketing kampaniyalari esa provision yaratishga sabab bo‘lishi mumkin.
Shu sababli bitta pitsa sotuvining o‘zi ham moliyaviy hisobotlarda bir nechta muhim jarayonlarni yuzaga keltiradi.
Keyingi safar Bellissimo'dan pitsa buyurtma qilganingizda, ehtimol siz nafaqat uning ta'mi haqida, balki uning ortida ishlayotgan accounting jarayonlari haqida ham o‘ylab qolarsiz.
Chuqurlashtirish
ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang
Ariza qoldiring — mutaxassisimiz darajangizga mos paperdan boshlashga yordam beradi.
Ariza qoldirish