
Do‘stlaringiz bilan choyxonaga bordingiz. 5 kishi o‘tiribsiz. 4 ta do‘stingiz faqat bitta lagan osh va choy ichishdi. Siz esa ularga qo‘shilib qazi, qo‘shimcha shashlik va bitta Cola buyurdingiz. 🥩🥤
Oxirida hisob keldi: jami 500,000 so‘m. Agar hisobni shunchaki 5 kishiga teng bo‘lsangiz, hamma 100,000 so‘mdan to‘laydi. Lekin bu adolatdanmi? Siz yegan qazi, shashlik va Cola uchun do‘stlaringiz ham pul to‘layapti. 🤦♂️
Ho'sh qanday yo‘l tutish kerak? Hisobni buyurtmalarga qarab ajratish: osh va choyni hamma bo‘lib to‘laydi, lekin qazi, shashlik va Colani kim buyurtma qilgan bo‘lsa, o‘sha to‘laydi. 🍽
Mana shu yondashuv ABC (Activity-Based Costing) deyiladi. Bunda xarajatlar shunchaki teng taqsimlanmaydi, balki ularni yuzaga keltirayotgan cost driverlarga qarab taqsimlanadi. 📊
Bazi kompaniyalar ham eski usulda hamma xarajatlarni (ijara, svet, maosh) hamma mahsulotlarga shunchaki teng bo‘lib yuborishadi (Absorption Costing). Natijada bitta arzon mahsulot aslida qimmatga tushayotganini sezmay qolishadi. ABC costing esa har bir xarajatni aynan nima sababdan (cost driver) kelib chiqqaniga qarab aniq hisoblaydi.
Shuning uchun ba’zan xarajatlarni aniqroq taqsimlash uchun ABC Costing'ni qo‘llash eng to‘g‘ri qaror bo‘lishi mumkin. 📊
💬 Siz choyxonada hisobni qanday bo‘lish tarafdorisiz: tengmi yoki kim nima yeganiga qarabmi?
Chuqurlashtirish
ACCA yo'lingizni MFA Academy bilan boshlang
Ariza qoldiring — mutaxassisimiz darajangizga mos paperdan boshlashga yordam beradi.
Ariza qoldirish